
"Biz bir qator masalalarda yutqazib qo‘yamiz" - Diyor Imomxo‘jaev muxlislarni qiziqtirgan savolga javob berdi
PFL bugun Superliga yangi mavsumining sanalarini e’lon qildi. Uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani uchun tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida javob berdi.
"Navbahor" - "Nasaf", AGMK - "Nasaf", "Paxtakor" - "Navbahor"... yoxud Superliga uchrashuvlarining sanasi ma’lum (Foto)
- O‘yinlarning shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani kuchli beshlik bilan bog‘liq. May so‘ngiga qadar "Sport-TV" va "UzReport" kuchli beshlik uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Aynan o‘sha vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini o‘tkazsak, TV dasturlar, muxlislar e’tibori, reklama beruvchilar kabi masalalarda yutqazib qo‘yamiz.
Uchrashuvlar begim kunlari o‘tayotgan bo‘lsa-da, o‘yinlar ish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz shunday bosqichga etib keldikki, endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlarni 18:00dan erta boshlash niyatida emasmiz.
Biz faqatgina xalqaro taqvim majbur qilgan holatdagina, shuningdek, iyun, iyul, avgust oylaridagina uchrashuvlarni shanba-yakshanba kunlariga belgilashga harakat qilamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar
Uni gaplarida haqiqat bor.shanba ,yakshanba kuni uyin bulsa ,uzb chempionatini hech Kim kurmaydi