
Biz baribir Messini qaytaramiz!
Lionel Messini 2014-2000 yillarda tarbiyalagan “Nyuells Old Boyz” jamoasi futbol yulduzini ortga qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.
Avval, Messi faoliyatini qadrdon jamoasida yakunlashi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Argentina klubining prezidenti Ignasio Astore ham Lionel Messi o‘z jamoasiga olib kelishdan umidvor ekanini aytdi.
- Shunday futbolchini qo‘lga kiritish ikki hissa omad bo‘lardi. Lekin bu futbolchining qanday qarorga kelishiga bog‘liq. Bizning taklifimizdan Messining xabari bor. Hozir to‘p unda, tepish navbati uniki, - dedi Ignasio Astore.
Lionel Messi PSJdan ketsa, AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishi aytilmoqda. “Inter Mayami” xo‘jayini Devid Bekxem oxirgi yillarning ikki yulduzi Messi va Krishtianu Ronalduni bir jamoada o‘ynatmoqchi.
Fikrlar