
Bivolning sobiq xotini bokschidan katta pul talab qildi
Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Ekaterina Bivol bokschidan 200 mln. rubl va Sankt-Peterburgdan ikkita uy talab qildi.
"Dmitriy, bolalaringizga Sankt-Peterburg markazidan ikkita uy sotib olib bering, har bir o‘g‘lingiz uchun 100 mln. rubldan hisobvaraqalarni oching. Shundan so‘ng men abadiy jim bo‘laman. Agar javobingiz "yo‘q" bo‘lsa, Beterbievdan uchralgan mag‘lubiyat ya’ni kamarlardan mahrum bo‘lish - faqatgina boshlanishi bo‘ladi", - deb yozdi Eketerina ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyodda o‘tkazilgan katta boks oqshomida Dmitriy Bivol ochkolar bo‘yicha Artur Beterbievdan mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar