Bitta superfutbolchi uchun kurashga yana beshta top-klub qo‘shildi

  • 6 sentabr, 07:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan “Kristal Pelas” sardori Mark Gexi grand klublarda o‘ynaydigan yuqori darajaga etdi.

Tecno

Gexini yozgi transferlar davrida “Liverpul” transfer qilmoqchi bo‘ldi. Biroq “Kristal Pelas” markaziy himoyachini qo‘yib yubormadi.

Angliyaning amaldagi chempioni bu o‘yinchi olish fikridan qaytgani yo‘q. Biroq endi bu rejani amalga oshirish yanada qiyinlashadi.  

The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, Mark Gexi uchun kurashga turli mamlakatlarning qudratli klublari ham qo‘shildi. Xususan, “Bavariya” va “Real” Gexini olish rejasini tuzib chiqmoqda.

“Barselona”, “Inter” va “Yuventus” yuqori malakali himoyachini olish uchun kurashishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Mark Gexining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi yozla tugaydi. Shu bois barcha xaridor klublar yanvar oyida futbolchini muzokaralar stoliga taklif etish huquqiga ega.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!