
Bitta o‘yinda ikkita jarohat! "Manchester Yunayted" uchun yana bir bosh og‘riq
"Manchester Yunayted" "Chelsi"ga qarshi to‘qnashuvda nafaqat mag‘lubiyatga uchradi, balki o‘yinda ikkita futbolchisining jarohat olgani ham ma’lum bo‘lmoqda.
Uchrashuvning ikkinchi taym boshida Rafael Varan zaxiraga olindi. Uning o‘rninga maydonga tushgan Jonni Evans ham 66-daqiqada almashtirildi. O‘yindan keyin esa Ten Xag bu borada hech narsa deya olmasligini ta’kidlab o‘tdi.
32-turda MYuni "Liverpul"ga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur uchrashuvda jamoaga Varan va Evansdan tashqari Lisandro Martines, Viktor Lindelyof, Lyuk Shou, Tayrell Malasiya kabi himoyachilar yordam bera olmasligi mumkin.
Fikrlar