Biroz avval "Barsa" prezidenti bilan uchrashgan Xolandning "elchilar"i endi Madrid tomon yo‘l oldi

  • 1 aprel, 2021, 23:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, saytimiz orqali jahon futboli kelajagi sifatida qaralayotgan Erling Xoland "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Erlingning otasi Alf-Inge Xoland va agenti Mino Rayola Kataloniyadan Madridga yo‘l olgani aytilmoqda. Ular xususiy samolyotda Ispaniya poytaxti tomon yo‘lga chiqqan.

Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, ular Xolandning "Real"ga ehtimoliy transferini muhokama qiladi. Bunda shaxsan "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq, "qaymoqranglilar" Erling Xoland va Kilian Mbappeni mavsumlar oralig‘idagi transfer oynasida sotib olishi mumkinligi taxmin qilingandi. Biroq "Borussiya" Dortmund rahbariyati o‘z hujumchisini qo‘yib yubormaslikni niyat qilgani aytilgandi.

Xoland qoladi! "Borussiya" uni sotmasligini ma’lum qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!