Birdaniga 62 nafar o‘yinchi futboldan chetlatildi

  • 13 mart, 2024, 10:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamerun futbol federatsiyasi chempionatning pley-off bosqichidan 62 nafar o‘yinchini chetlatdi.

Tecno

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, ular yoshi haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.

Futboldan chetlatilganlar orasida 17 yoshli Uilfrid Natan Duala ham bor. U yaqinda o‘tkazilgan Afrika Millatlar kubogida ushbu musobaqa tarixidagi eng yosh futbolchisi sifatida qayd etilgandi. Hujjatlarda bu o‘yinchi 2006 yilning 15 may kuni tug‘ilgani yozilgan. Biroq, endi Kamerun futbol federatsiya bu sana noto‘g‘ri ko‘rsatilganini ta’kidlamoqda.

Diskvalifikatsiya tufayli jami 15 ta klub futbolchilaridan ayrildi. Ulardan bittasida 13 nafar o‘yinchi chetlatilgan. Uilfrid Natan Duala o‘ynayotgan “Viktoriya Yunayted” etti nafar vakilidan ayrildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!