Bir yil terma jamoaga chaqirilmagan To‘xtaxo‘jaev Iroqqa qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 14 noyabr, 2020, 01:34
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy tarma jamoamiz FIFA kunlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun mashg‘ulot olib bormoqda. Uzoq tanaffusdan so‘ng, yana yig‘inga jalb etilgan Islom To‘xtaxo‘jaev O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi:

Tecno

"Klubimizga yil boshida Xitoy Superligasiga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Ammo pandemiya tufayli ko‘p jamoalarning maqsadlari o‘zgarib ketdi. Shu jumladan, biz ham ligada jon saqlab qolishga harakat qildik. Xudo xohlasa, keyingi yil Superligaga chiqamiz.

To‘g‘risini aytsam, xitoyliklar menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ular juda sodda va samimiy. Klubdagi futbolchilar ham, murabbiylar ham a’lo darajada.

Terma jamoadagi barchaning niyati Jahon chempionatiga chiqish. So‘nggi marta terma safida o‘tgan yil harakat qilgan edim. Bu yil hisobidan ilk marotaba chaqirildim. Xudo xohlasa, keyingi yil bo‘lib o‘tadigan asosiy saralash bosqichlarida muvaffaqiyali ishtirok etib, barchaning orzusini ro‘yobga chiqaramiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
14/11/2020 19:05
Бир тийинга киммат футболчи
&
FANAT-MYU
14/11/2020 06:23
Sen Ham shularning bittasisan o‘rningni Doston Tursunovga bo‘shatib qo‘y nuqul yeb qo‘yasan o‘zimini darvozaga go‘l urub