"Bir qirol kuchsizlashib, boshqasi yuksalmoqda"

  • 23 fevral, 2022, 19:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq frantsiyalik futbolchi Emmanyuel Petit Lionel Messi va Kilian Mbappening hozirgi holati borasida gapirdi. 

"Messini maydonda ko‘rsam, xafa bo‘laman. Biz hammamiz uning muvaffaqiyat qozonishini istaymiz. 

Men Leo va Mbappeni solishtirmoqchi emasman. Ammo so‘nggi bir necha oy ichida biz bir qirol ojizlashib, boshqasi yuksalayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. 

Bilaman, bu yigitda haddan tashqari o‘ziga ishonadi. Biroq u boshqa "Barsa" davridagi Messi bo‘la olmasligini tushunishi kerak. 

Umid qilamanki, mavsum oxiriga qadar biz buyuk Leoning o‘yinlarini ko‘ramiz. Shunday bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan bu imkonsiz bo‘lib boraveradi", - dedi Petit. 

Tecno



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!