
Bir o‘yinda ikkita jarohat
"Neftchi" Superliganing 6-turida "Qizilqum"ga qarshi o‘ynab, durang natija qayd etdi. O‘yinda esa jamoaning ikkita futbolchisi jarohat oldi.
Dastlab, 65-daqiqada Shohruz Norxonovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi va hujumchi maydonga yiqildi. Shu bilan birga, majburiy o‘zgartishga qo‘l urildi.
Ushbu mavsum Superligada debyut golini urgan Norxonov birinchi marta asosiy tarkibga kiritilgandi. Aynan o‘sha payti o‘yinga qo‘shilgan G‘ulomxaydar Gulyamov esa 89-daqiqada o‘zgartirilishini o‘zi so‘radi.
"Neftchi" bu turdan keyin turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam sifatida uyga qaytishi mumkin edi, lekin Shahboz Jo‘rabekovning so‘nggi daqiqalarda urgan goli farg‘onaliklarni ochko yo‘qotishiga sabab bo‘ldi.
Fikrlar