
Bir o‘yinda 11 ta gol: Messi juda xursand!
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining o‘g‘li Tyago huddi otasi kabi sermahsul futbolchi bo‘lib etishayotganini ko‘rsatdi.
Leo 2023 yilning yozida “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganida uning o‘g‘li Tyago ham ushbu klubning bolalar jamoasiga qabul qilingan edi.
12 yoshli Tyago Messi 13 yoshgacha futbolchilar ishtirokida tashkil qilingan “MLS kubogi U-13” musobaqasida ajoyib natija qayd etdi. Yosh hujumchi “Atlanta” bilan bo‘lgan bahsda raqib darvozasiga 11 ta gol urdi.
Ushbu uchrashuv “Inter Mayami” tarbiyalanuvchilarining 12:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunladi.
Lionel Messining o‘zi bir yarim yil muqaddam AQShga ko‘chib kelganidan beri mayamiliklar jamoasi safida jami 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 34 ta gol va 18 ta assist muallifi bo‘lgan edi.
Fikrlar