
Bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan "Siti" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Vulverxempton" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 66-daqiqasida Sterlingning penaltidan urgan goli bahs taqdirini hal qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "shaharliklar" hisobidagi ochkolar sonini 38 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. 21 ochkosi bor "bo‘rilar" esa 8-pog‘onani band etgan.
Qayd etish lozim, Raul Ximenes birinchi bo‘lim so‘nggida qizil kartochka olgandi.
Fikrlar