
Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan Saudiya Arabistoni kambek amalga oshirdi
JCh saralashi Osiyo mintaqasi 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - Saudiya Arabistoni bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ali Alavjami dastlab o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 39-daqiqada Hassan Kadesh muvozanatni tikladi. 90-daqiqada aynan uning o‘zi Saudiyaga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Fikrlar