
Bir futbolchiga naqd 6 grand klub qiziqmoqda
"Jirona” qanot himoyachisi Migel Guterres o‘z klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli chap qanot himoyachisining xizmatlariga "Bavariya", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashshqari, Guterresning sobiq jamoasi "Real" futbolchini sakkiz million evroga sotib olish imkoniyatiga ega.
Chunki Guterresning 50 foiz transfer huquqi hamon "qirollik klubi"ga tegishli. Joriy mavsumda Migel barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar