
Bir futbolchi Angliyaning to‘rt grandidan taklif oldi
“Vest Xem” rahbariyati jamoa safida porlayotgan Deklan Raysni ushlab qola olmaydi. Mavsum yakunlangach, 22 yoshli futbolchi qudratli jamoalardan biriga o‘tishi kutilmoqda.
Tayanch zonasida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Raysga Angliyaning etakchi klublari – “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” xaridor bo‘lmoqda.
Ayniqsa, “Vest Xem” futbolchining transfer narxini biroz pasaytirib, 50 million funtga tushirgani ortidan Raysning bozori qaynab ketdi.
Iste’dodli yarim himoyachi joriy mavsumda premer-liganing 23 ta uchrashuvida ishtirok etdi.
Fikrlar