Bir daqiqada ikkita kartochka olgan futbolchi aybini boshqalarga yukladi
Angliya Premer ligasining 13-turida “Vest Xem” futbolchilari o‘z maydonidagi uchrashuvda amaldagi chempion “Liverpul”ga 2:0 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Uchrashuvning antiqahramoni Lukas Paketa bo‘ldi. 28 yoshli darvozabon jamoasi bitta to‘p farqi bilan ortda borayotgan va ziyatda 83 va 84-daqiqada sariq kartochka olib, maydonni erta tark etdi. Bir o‘yinchi ko‘p o‘ynagan “Liverpul” oradan bir necha daqiqa o‘tib, ikkinchi golini urdi va mezbonlarning mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga hech qanday imkon bermadi.
O‘yindan keyin Lukas Paketa ogohlantirishga sabab bo‘lgan xatti-harakatlarini tushuntirishga urindi.
- Ikki yil davomida sening hayoting va faoliyating katta bosim ostida qolishi, bu jarayonda federatsiya hech qanday psixologik yordam bermasligi bu –absurd.
Ehtimol, mening “ahmoqona xatti-harakatlarim” — men boshdan kechirishga majbur bo‘lgan va bundan keyin ham yana duch kelishim mumkin bo‘lgan holatlarning bir aksidir. Agar men ideal bo‘la olmasam, meni kechiring, - deb yozdi Lukas Paketa.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning mayida Paketa futbol uchrashuvlariga ta’sir o‘tkazish va pul tikishda gumonlangan edi. Bir yildan keyin undan o‘yinlarda atayin sariq kartochka olish bo‘yicha ayblovni olib tashlashdi. Shunga qaramay, sentyabr oyida o‘yinchi surishtiruv davomida qoidalarni buzgani uchun unga 150 ming funt jarima qo‘llanildi.
Lukas Paketa gumonga olingan paytda uning “Manchester Siti”ga transferi barbod bo‘ldi va bu holat o‘yinchining ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.



Fikrlar