Bilol Muhammad: "Kovington agar Edvardsga yutqazsa, nafaqaga chiqadi"

  • 13 oktabr, 2023, 08:00
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakili Bilol Muhammadning fikricha, Kolbi Kovington (17-3) toifa chempioni Leon Edvards (23-1-1)ga yutqazsa, nafaqaga chiqadi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, 16 dekabr kuni Las-Vegasdagi "T-Mobile" arenasida UFC 296 turniri markaziy jangida Leon Edvards va Kolbi Kovington (17-3 MMA, 12-3 UFC) oktagonga chiqadi.

"100 foiz u da’vosharlar bilan jang qilolmaydi, agar u Leonga yutqazsa, faoliyatini yakunlaydi", - dedi Muhammad.

Eslatib o‘tamiz, Kovington oxirgi jangida Xorxe Masvidalni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan.

Bolol Muhammad Gilbert Byornsdan hakamlar qaroriga ko‘ra ustun kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!