Bilasizmi? Suares Amerika kubogida qo‘li singan holda o‘ynadi

  • 3 iyul, 2019, 16:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi va Urugvay terma jamoasi forvardi Luis Suares Amerika kubogi musobaqasida qo‘li singan holatda o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli futbolchi musobaqaning guruh bosqichidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bahsda chap qo‘l suyagini sindirib olgan. Keyinchalik Suares shu holatda Chili va Peruga qarshi bahslarda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Suares Amerika kubogida jami 4ta uchrashuv o‘tkazdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!