
Bilasizmi? O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘istonni mag‘lub eta olmagan. Bugun noxush an’anaga barham beriladimi?
Bugun Qozog‘istonda O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga nazar tashlasak, vakillarimiz bu raqibini biror marta ham mag‘lub eta olmagan. Jamoalar 9 marta o‘zaro bellashgan. 7 bor Qozog‘iston zafar quchgan. Ikki o‘yinda durang qayd etilgan.
Bu jamoalarning dastlabki ikki to‘qnashuvi Osiyo chempionati doirasida kechgan. Qolgan bellashuvlar o‘rtoqlik maqomida o‘tgan. Bu haqda kazfootball.kz nashri xabar berdi.
Qozog‘iston – O‘zbekiston: jami 9 o‘yin.
Qozog‘iston – 7 g‘alaba; O‘zbekiston – 0 g‘alaba; durang – 2.
To‘plar farqi: Qozog‘iston – 32 gol; O‘zbekiston – 14 gol.
1) 05.03.1999. Kuala-Lumpur (Malayziya). OCh. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:2
2) 16.07.2001. Tegeran (Eron). ChA. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 2:2
3) 03.03.2013. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 6:1
4) 04.03.2013. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 4:3
5) 02.12.2014. Toshkent. MT. O‘zbekiston – Qozog‘iston – 1:1
6) 22.01.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:1
7) 23.01.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:1
8) 09.08.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 6:1
9) 10.08.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 4:2
Fikrlar