
Bilasizmi? Obameyang qatorasiga 5ta mavsumdan buyon 25 tadan kam gol urmayapti
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang kecha Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Valensiya"ga (3:1) qarshi o‘yinda urib, o‘zining mavsumdagi gollari sonini 25taga etkazib oldi.
E’tiborlisi, gabonlik futbolchi qatorasiga besh mavsumdan buyon 25tadan kam gol urmayapti.
2014/15 - 25 gol;
2015/16 - 39;
2016/17 - 40;
2017/18 - 31;
2018/19 - 25.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang “Arsenal” safida 2018 yilning fevralidan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar