
Bilasizmi? Argentina 32 yil avval Mundialni mag‘lubiyat bilan boshlagan, ammo keyin musobaqa finaligacha borgan
Bugun Argentina terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Albiseleste" 1990 yildan beri ilk bor jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi. Bundan 32 yil avval Argentina terma jamoasi turnirning ochilish o‘yinida Kamerunga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Qizig‘i shundaki, 1990 yilgi jahon chempionatida startdagi mag‘lubiyat Argentina terma jamoasining turnir finaliga chiqishiga to‘sqinlik qilmagan. Kubok uchun kechgan kurashda “Albiselest” o‘shanda nemis jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan – 0:1.
Argentina terma jamoasi JCh-2022dagi navbatdagi o‘yinni 26 noyabr, shanba kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni Lionel Skaloni shogirdlari Meksikaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar