Bilasizmi, "Lokomotiv" o‘z uyida OKMKga qarshi bahslarda yoqimli an’anaga ega

  • 14 may, 2024, 13:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 7-turiga yakun yasaladi. Toshkentda “Lokomotiv” OKMKni qabul qiladi. Bugungi bellashuv orqali jamoalar chempionat doirasidagi o‘zaro 30-o‘yinida maydonga tushadilar. Statistikadagi ustunlik “Loko” tarafida. Ular 17 ta bahsda g‘olib chiqishgan. OKMK bo‘lsa 7 marta raqibini taslim qilgan. 5 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati 56\38 mezbonlar foydasiga.

Tecno

Jamoalar so‘nggi bor 2022 yilgi mavsumda to‘qnashishgan. Olmaliqdagi bahsda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. “Loko” o‘z uyida 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

Yana bir gap: OKMK “Lokomotiv” maydonida shu kungacha 14 marta o‘ynagan bo‘lsa, faqat 2 marta durangga erishgan va qolgan 12 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. OKMKga chempionatda hali “Lokomotiv” mezbonligidagi bahslarda g‘alaba qozonish nasib qilmagan. Ko‘ramiz, bu safar nima bo‘larkin?  

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – OKMK o‘rtasidagi o‘yin bugun soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!