Bilasizmi, "Andijon" Superligada bu borada yagona klub...
O‘zbekiston milliy chempionatida birinchi davra uchrashuvlari yakuniga etgani bois klublar yozgi qisqa ta’tilga chiqib ketdilar. Bunday paytda mavsumning dastlabki yarmi xususida o‘ziga xos qiziqarli statistik ma’lumotlar muxlislarni qiziqtiradi.
Yaxshi bilasiz, “Andijon” mavsumning birinchi yarmida esda qolarli o‘yinlarni o‘tkazdi. “Bobur arena”dagi fantastik muhit, “Burgutlar”ning o‘ziga xos natijalari shular jumlasidandir.
Jamoa birinchi davrada quyidagicha natija ko‘rsatdi: 13 o‘yin, 4 g‘alaba, 7 durang va 2 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 22:16, ochkolari 19 ta va musobaqa jadvalida 5-o‘rinda turibdi. Ma’lumot uchun, “Andijon” mavsumning birinchi qismida eng ko‘p gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Shuningdek, eng ko‘p durangli jamoa uchta va ulardan biri ham “Andijon” – 7 ta.

Bu jamoaning O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichimi?
“Andijon” klubi O‘zbekiston chempionati tarixida shu kungacha birinchi davrani qanday natija bilan yakunlagani borasidagi statistik ma’lumotlarni hozirladik. Bu taqqoslash uchun ham ayni muddao.
“Andijon” klubining O‘zbekiston chempionati tarixidagi birinchi davradan keyingi natijalari:
2024
5. Andijon 13 4 7 2 22-16 19
2023
6. Andijon 13 6 1 6 15-13 19
2021
13. Andijon 13 2 2 9 10-22 8
2020
14. Andijon 13 0 6 7 8-18 6
2019
13. Andijon 13 1 6 6 10-19 9
2016
14. Andijon 15 3 0 12 13-30 9
2015
14. Andijon 15 3 2 10 12-29 11
2014
14. Andijon 13 1 1 11 8-24 4
2012
13. Andijon 13 3 2 8 13-21 11
2011
8. Andijon 13 5 2 6 18-17 17
2010
9. Andijon 13 4 2 7 11-16 14
2009
14. Andijon 15 2 5 8 16-26 11
2008
7. Andijon 15 6 3 6 14-13 21
2007
7. Andijon 15 7 2 6 23-19 23
2006
6. Andijon 15 6 3 8 25-24 21
2004
12. Andijon 13 3 1 9 13-29 10
2003
10. Andijon 15 3 5 7 14-17 14
2002
13. Andijon 15 4 3 8 17-27 15
2001
12. Andijon 16 6 1 9 31-31 19
2000
9. Andijon 19 7 7 5 33-24 28
1999
14. Andijon 15 4 1 10 23-29 13
1998
11. Andijon 15 5 3 7 24-26 18
1997
13. Andijon 17 5 2 10 25-37 17
1996
9. Navro‘z 15 5 4 6 24-30 19
1995
6. Navro‘z 15 6 3 6 19-19 21
1994
11. Navro‘z 15 5 3 7 14-25 13
1993
5. Navro‘z 15 6 5 4 27-20 17
1992
7. Navro‘z 15 6 6 3 19-16 18

Ko‘rib turganingizdek, ko‘rsatkichlar turlicha. E’tiborlisi, o‘tgan yili ham jamoa birinchi davradan keyin 19 ochko jamg‘argan, faqat farqi shundaki, 5 emas, 6-o‘rinda yakunlagan. Bilasiz, hozirda chempionatimizda 14 ta jamoa ishtirok etyapti. Oldinlari esa bu raqam turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. 1993 yili “Andijon” (o‘sha paytdagi nomi “Navro‘z”) birinchi davradan keyin 5-o‘rinni band qilgan. Oradan 31 yil o‘tgach, “Burgutlar” mavsumning birinchi yarmini yana 5-pog‘onada tugatdi. Bundan tashqari, qaysidir mavsumlarning birinchi davrasidan so‘ng jamoaning to‘plagan ochkosi hozirgisidan ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin unda ishtirokchilar soni ham 14 tadan bisyor edi va egallagan o‘rni 5-o‘rindan pastroq bo‘lgan.

Yana bir gap: “Andijon” joriy mavsumning birinchi yarmida Superliga klublarining hech biri uddalay olmagan ishni amalga oshira oldi va bu borada “Burgutlar” yagona bo‘ldilar. Ya’ni, mehmondagi uchrashuvlarda umuman yutqazgani yo‘q.
“Andijon”ning birinchi davrada safarda qayd etgan natijalari:
1-tur. OKMK – “Andijon” – 0:0
3-tur. “Surxon” – “Andijon” – 2:3
5-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 1:2
7-tur. “Neftchi” – “Andijon” – 2:2
9-tur. “Olimpik” – “Andijon” – 0:0
11-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 3:3
12-tur. “Dinamo” – “Andijon” – 1:1



Fikrlar