
Beylning o‘rnini kim egallaydi?
Zinedin Zidan uelslik Garet Beyl o‘rniga “Manchester Siti” futbolchisi Riyad Mahrezni oladigan bo‘ldi.
Ayni paytda madridlik mutasaddilari yarim himoyachining agentlari bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. O‘z navbatida, “Real” Mahrezga rasmiy taklif yuborishidan oldin Beyl masalasini hal qilishi kerak.
Garet Beylning maoshi yuqoriligi tufayli hech qaysi jamoa uni o‘ynatishga istagini bildirmayapti. Zidan yangi mavsumda unga ishonch bildirmaydi. Beylning o‘zi esa, zaxirada o‘tirib, katta maosh olishga qarshi emas.
Fikrlar