
Beylning nega "Osasuna"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi
Bundan avvalroq “Real” vingeri Garet Beyl La Liganing 6-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani haqida xabar bergan edik.
Ispan nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Atletiko”ga qarshi bo‘ladigan Madrid derbisidan oldin uelslik futbolchiga qo‘shimcha dam berishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” 28 sentyabr kuni La Liganing 7-turida hamshahari “Atletiko”ga qarshi o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar