Beylning chap oyog‘i qancha turadi?

  • 8 iyun, 2020, 17:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Garet Beyl chap oyog‘ini sug‘urtalab qo‘ygan, deya xabar bermoqda Daily Star.

Tecno

Klub podkastidagi chiqishi davomida uelslik futbolchi kutilmagan holatlarni inobatga olib chap oyog‘ini sug‘urta qilganini aytib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, ushbu sug‘urta faqatgina futbolchi maydonga tusha olmaydigan holatda amal qiladi.

Efir chog‘ida Beyl sug‘urta summasi haqida to‘liq ma’lumot aytmagan. Shundan so‘ng matbuot vakillari o‘zlarining hisob kitobini o‘tkazishib, bu raqam 100 million atrofida bo‘lishini taxmin qilishgan.

Joriy mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida 14 ta o‘yinda 2 ta gol va golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!