
Beylning agenti: Bu kulguli...
"Real" yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi ijaraga berib yuborilishi borasida fikr bildirdi.
"U jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri! Nima uchun qaergadur ijara asosida ketishi kerak? Axir bu kulguli...
Barchasini o‘zgartirish mumkin, ammo ijara bu bema’nilik. U baxtli va o‘ylashimcha, "Real" safida yana sovrinlar yutadi," - dedi Barnett.
Eslatib o‘tamiz, bugun Florentino Peres va Deniel Levi Beylning "Tottenxem"ga o‘tishi borasida muzokara o‘tkazishgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum La Ligada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar