
Beyl va Keyn gol urgan o‘yinda "Tottenxem" "Stok Siti"ni taslim etdi (video)
Angliya liga kubogining 1/4 final bosqichida “Tottenxem” safarda “Stok Siti” mehmoni bo‘ldi.
“Bet365 Stadium”dagi o‘yin gollarga boy kechdi. Yakunda esa 1:3 hisobida “shporlar”ning qo‘li baland keldi. “Tottenxem”ning gollariga Garet Beyl (22'), Ben Devis (70') va Xarri Keyn (81') mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob golini Jordan Tompson (53') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar