Beyl "Real"ning mavsumdagi eng yomon futbolchisi deb topildi

  • 19 iyul, 2020, 11:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid vingeri Garet Beyl jamoa muxlislari tomonidan mavsumning eng yomon futbolchisi, deb topildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi Karim Benzema hammadan ko‘p ovoz to‘pladi va eng yaxshi futbolchi, deb topildi. Kuchli uchlikdan himoyachi Serxio Ramos va darvozabon Tibo Kurtua joy oldi.

Garet Beylning bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan munosabatlari yaxshi emas. U joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!