
Beyl nima qilsa "Real" bilan chiroyli xayrlashadi?
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uelslik hujumchi Garet Beylning “qirollik klubi”dagi faoliyati yaqin orada yakunlanishi haqida gapirdi.
"Garetning holati yaxshi, biz buni Uels terma jamoasida ko‘rdik. U buni klubda ham isbotlamoqchi. Agar u Santyago Bernabeu bilan chiroyli tarzda xayrlashsa, adolatdan bo‘lardi. Chunki u gollari, o‘yinlari va sovrinlari bilan ushbu klub tarixiga kirgan”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, hujumchining madridliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Shuning uchun u yozda "Real"ni erkin agent sifatida tark etadi.
Beyl joriy mavsum La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar