
Beyl nega “Real”ning chempionligini nishonlamadi?
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Garet Beyl nega qolgan futbolchilar bilan birga chempionlikni nishonlamaganini ochiqladi.
- Beyl jarohatda. Biz g‘alabani tantana qilgan kuni Garet yurolmay qolgandi. Agar sog‘lom bo‘lganida jamoadoshlari bilan chempionlikni nishonlagan bo‘lardi, - dedi Karlo Anchelotti.
“Real” muddatidan oldin chempionlikni nishonladi. Beyl joriy mavsumda Ispaniya chempionatida atigi beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uelslik futbolchi chempionat yakunlanishi bilan “Qirollik klubi”dan ketishi kutilmoqda.
Fikrlar