
Beyl bir sirni oshkor etdi
"Real" hujumchisi Garet Beyl golfni yomon o‘ynovchi jamoadoshi nomini ma’lum qildi.
"Luka Modrich, 100 foiz. Bir marta mehmonxonada qolganimizda, shug‘ullanish uchun hech narsa yo‘q edi. Golf maydonchasi va golf mashg‘uloti uchun maydon bor edi. Men Lukadan o‘ynashni istaydimi yoki yo‘q, shu haqda so‘radim.
U qo‘liga chavgonni oldi va ochig‘i, to‘g‘ri tutishni ham bilmadi. Chayqalib, erga zarba berdi. Menimcha, 20 urinishdan faqatgina bir marta sharga zarba bera oldi xolos. Ertasiga esa beli og‘riyotganligini bahona qilgan", - dedi uelslik futbolchi.
Fikrlar