
Beyl bilan shartnomani bekor qilish "Real"ga qanchaga tushadi?
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beyl tez orada jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” uelslik futbolchi bilan imzolangan shartnomani muddatidan avval bekor qilmoqchi. Bu esa klubga 60 mln evroga tushadi. Chunki, Beylning “Real” bilan shartnomasi tugashiga yana 2 yil bor.
Eslatib o‘tamiz, “Real” muxlislari Beylni joriy mavsum jamoaning eng yomon futbolchisi, deb topgan edi. U 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar