
Beyl, Xames va yana bir qator "Real" futbolchilari koronavirus "qurboni" bo‘lishadi
«Real» Madrid klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida oylik maoshlar hisobini kamaytirish maqsadida qator futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda.
AS nashrining xabar berishicha, Garet Beyl, Xames Rodriges, Xesus Valexo, Alvaro Odriosola, Dani Sebalos, Braim Dias va Mariano Diaslar koronavirus keltirayotgan zarar “qurboni” bo‘lishadi.
“Real” yuqoridagi futbolchilarni sotib yuborgan taqdirda, maoshlarni 75 mln evroga qisqartirishga erishadi.
Fikrlar