Beterbiev va Bivol o‘rtasidagi revansh bekor qilindi(mi?)

  • 17 dekabr, 2024, 14:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan katta boks kechasining asosiy to‘qnashuvi - Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o‘rtasidagi revansh bekor qilindi. Beterbiev Ar-Riyoddagi superturnirda ishtirok eta olmaydi, deb xabar bermoqda sportarena.kz.

Tecno

Shuningdek, bu haqda Maykl Benson o‘zining Twitter sahifasida ham ma’lum qildi:

"Artur Beterbiev - Dmitriy Bivol jangi 22 fevral kuni bo‘lib o‘tmaydi, chunki Beterbiev bilagidan jarohat oldi. Shubhasiz, revansh 2025 yilning oxiriga ko‘chiriladi" - deb yozdi Benson.

Eslatib o‘tamiz, ikki rossiyalik o‘rtasidagi bahs 22 fevralga belgilangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!