Besh panjangizni bir og‘izga tiqmang!

  • 23 avgust, 2021, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays klub rahbariyati uning transfer summasini 100 million funtga ko‘targani uchun bu yil boshqa klubga o‘tolmaydi.

Tecno

22 yoshli iste’dodli futbolchining xizmatlariga yozda “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqqan edi. Lekin ular ham narxi sun’iy oshirilgan o‘yinchi transferini rasmiylashtirishga shoshilmayapti.

Ayni paytda “Chelsi” va “Manchester Siti” Deklan Rays uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda va ular ham bu transferni kelasi yozda muhokama qilmoqchi. Sulsher o‘ta qimmat transferdan voz kechdi.

Deklan Rays klub unga o‘ta narx qo‘ygani uchun rahbariyatdan noroziligini yashirmayapti. Futbolchi klub taklif qilishi kutilayotgan yangi shartnomani qabul qilmasligini bildirdi. Shunga qaramay, uning amaldagi bitimi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!