Besh futbolchini yo‘qotishimiz mumkin

  • 13 sentabr, 2022, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” mavsum yakunlanishi bilan besh nafar futbolchini qo‘ldan chiqarishi mumkin. Klub mutasaddilari joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan bir necha o‘yinchi bilan hali muzokaraga kirishgani yo‘q.

Tecno

Hozircha, liverpulliklar tajribali yarim himoyachi Nabi Keyta bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara boshlashga urinayotgani  haqida ma’lumotlar chiqdi.

Keytadan tashqari, yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen, himoyachi Jeyms Milner, golkiper Adrian va hujumchi Roberto Firminoning bitimi joriy chempionat oxirida yakunlanadi.

Klub rahbariyati bu o‘yinchilar bilan shartnoma imzolamasa, ular qishki transferlar vaqtida boshqa jamoalar bilan muzokara olib borish huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!