
Bernardu Silva: "Real"dan 175 daqiqa yaxshiroq o‘ynab, baribir musobaqani tark etish alam qiladi
"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva "Real" bilan o‘tgan mavsudagi EChL doirasida bo‘lib o‘tgan bahsni esladi.
"Joriy mavsum bizda yana imkon bor. Chempionlar ligasi - asosiy maqsadimiz, albatta. Chunki biz hech qachon bu turnirda g‘olib bo‘lmaganmiz.
Qandaydir omadsizlik bizni qamrab olgandek, nazarimda (kuladi). Bir safar "Tottenxem", yana boshqasida "Real" deyarli ilojsiz vaziyatdan bizni mag‘lub etib ketmoqda.
Madrid klubi bilan o‘yin yodimda. Biz ulardan 175 va hatto 180 daqiqa yaxshiroq o‘ynadik. Biroq yakunda baribir musobaqani tark etdik. Albatta, bu alam qiladigan holat.
Futbolda shunday tuyg‘ular bilan yashaysan. Ba’zan tepada bo‘lasan yoki aksincha. Shunga qaramay, xotiralar sen bilan qoladi", - dedi portugaliyalik yarim himoyachi.
Fikrlar