
Bernardeski "Yuventus"ga qaytishi mumkin
"Toronto" hujumchisi Federiko Bernardeski "Yuventus"ga qaytishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa senoralar" qishki transfer vaqtida 29 yoshli italyanni yarim filga ijaraga olishi kutilmoqda. Bernardeskining transferini bosh murabbiy Massimiliano Allegrining shaxsan o‘zi xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Federiko 2017-2022 yillari "zebralar" tarkibida harakat qilgan.
Fikrlar