"Bergan ko‘rsatmalarimiz o‘zini to‘liq oqlashini kutmagandik" - "Lokomotiv" ustozi klubidagi eng yaxshi transfer deb kimni hisoblashi, g‘alabali o‘yin va legioner haqida

  • 4 avgust, 2022, 17:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” ikkinchi davraning ilk turida o‘z uyida “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazib muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv oxirlaridagi yagona gol hammasi hal qildi.

Tecno

“Temiryo‘lchilar” ustozi Denis Korostichenko jamoasini o‘yinga yaxshi tayyorlagani sezilib turdi. Uchrashuvdan so‘ng, ushbu mutaxassisga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Denis Vladimirovich, sizni va jamoangizni g‘alaba bilan tabriklayman. “Qizilqum”ga qarshi uchrashuv juda muhim edi. Bahs sizga yoqdimi?

- O‘yin juda qiyin kechdi. Menga yigitlarning oxirigacha g‘alaba uchun kurashganlari yoqdi va ular bunga haqli edilar. Bizga ikkinchi bo‘limda oson bo‘lgani yo‘q. Chunki raqib bizni doim bosim ostida ushlab turishga harakat qildi. Shunday bo‘lsa ham qarshi hujumlarimizdan birida gol kiritishimiz mumkin bo‘lgan vaziyat yuzaga keldi. Ammo doim ham omadimiz chopmadi. O‘ylaymanki, har bir o‘yin mana shunday og‘ir kechadi va buni to‘g‘ri qabul qilish kerak.

denis32

- Aslida uchrashuv durang bilan yakunlanadigandek tuyulayotgandi. Oxirgi daqiqalarda gol kiritilishini ko‘nglingiz sezganmidi?

- Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin shu natijani ushlab qolishga harakat qildik va oxir-oqibat buning uddasidan chiqdik. Shuning evaziga muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

- Shuningdek, tarkibga Ivan Nagaev ham qo‘shib olindi. Holbuki, u yarim mavsum hech qaerda o‘ynagani yo‘q. Uning taklif qilinishi nima bilan bog‘liq?

- Ivan tajribali hujumchi. Uning faoliyati davomida to‘plagan malakasi bizga aqsotishi aniq. To‘g‘ri, Nagaev ancha vaqt o‘ynagani yo‘q. Lekin bizning holatimizda hujumchida hammasi boshqacha yuz berishi hamda bu klubimizga asqotishi mumkin. Men unga ishonaman!

denis korostichenko

- Yagona gol Javohir Alijonov hisobiga yozildi. Uni zaxiradan tushirayotganingizda hal qiluvchi gol muallifi bo‘lishini bilarmidingiz? Unga qanday ko‘rsatma bergandingiz?

- Ha, albatta biz zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilar uchrashuvda tub burilish yasay olishlari mumkinligidan umid qilgandik. Amalda ham bu isbotini topdi. Hujumga o‘tadiganlar esa bu hududda o‘zlarini nimalar kutib turganini yaxshi bilishadi. Maydonga tushishi oldidan unga hujumda faol bo‘lishini va gol kiritishi kerakligini uqtirgandik. Albatta, bergan ko‘rsatmalarimiz o‘zini to‘la oqlashi mumkinligini kutmagandik. Biroq pirovardida hammasi boshqacha chiqib, futbolchimiz muhim golni urdi. Yana shuni aytishim kerakki, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytira olishdi. Binobarin, G‘ulomov gol bilan yakunlangan to‘p oshirishni uddaladi.

- Tojikistonlik legioner Safarov ham debyutini o‘tkazdi. Uning o‘yiniga fikringiz qanday?

- Birinchi o‘yinidayoq u o‘ziga ishonch bildirish mumkinligini amalda ko‘rsatib berdi. Safarov – kuchli futbolchi! Albatta, unga hujum chizig‘ining qanotida o‘ynash oson bo‘lgani yo‘q. Chunki bu hududda vakilimiz o‘zini qulay his etishi qiyin. Biroq bizga aynan shunday taktik o‘zgarish zarur edi. Baxtimizga u hammasini to‘g‘ri bajardi va bizga katta yordam berdi.

denis33_1

- Denis Vladimirovich, “Lokomotiv”ning eng yaxshi transferi deb kimni aytasiz?

- Bu transfer oynasidami yoki umumiy ma’noda aytyapsizmi? O‘ylaymanki, Jasur Jaloliddinov va Mo‘min Meliev eng yaxshi transferlar bo‘ldi.

- Lekin Meliev “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda ochiq darvozaga gol ura olmadi-ku?!

- (Kulgancha) O‘sha vaziyatda himoyachi unga qattiq xalaqit berishga ulgurdi-da. O‘ylaymanki, navbatdagi uchrashuvlarda Meliev albatta gol uradi. Eng muhimi, bizda raqibni xavotirga sola oladigan hujumchilarimiz bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!