
Berdiev va Kanchelskisning uchinchi to‘qnashuvi. Bugun oradagi farq tenglashadimi yoki...
“Navbahor”ning rossiyalik ustozi Andrey Kanchelskis va “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Coca Cola Superliga doirasida bugun o‘zaro uchinchi marta to‘qnash keladi. Bu haqda "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mutaxassislarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan oldingi o‘zaro bahslarida ustunlik Andrey Kanchelskis tarafida. Boisi, “lochinlar” aynan rossiyalik murabbiy qo‘l ostida “ajdarlar”ni bir marta mag‘lubityaga uchratib, bir marta durang o‘ynagan.
Xuddi bu yil bo‘lganidek, o‘tgan mavsumda ham aynan Superliganing 4-turida, shuningdek, Qarshida ushbu jamoalar o‘zaro kuch sinashishgan va Andrey Kanchelskis 20 yillik tanaffusdan so‘ng, “Navbahor”ning yana Qarshidan g‘alaba bilan qaytishini ta’minlagandi. O‘shanda namanganliklarning yagona goliga rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan mualliflik qilgandi.
Namanganda 2-davrada bo‘lib o‘tgan bahsda esa (Coca Cola Superliga 23-tur) durang – 1:1 hisobi qayd etilgandi. O‘sha o‘yinning 79-daqiqasida “Navbahor”ning tajribali yarim himoyachisi Aziz Ibragimov hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuv yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida, “Nasaf”ning mahoratli hujumchisi Bobir Abdixoliqov gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.
Fikrlar