
Berdiev matbuot anjumanida hammani kuldirdi
O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi:
Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida Limaga kelajagi borasida savol berildi. Quyida uning javobi va bunga Berdievning reaktsiyasi bilan tanishishingiz mumkin:
- "Nasaf"dagi faoliyatingiz shu mavsumdan so‘ng yakunlanadimi?
Lima: Bu faqat menga bog‘liq holat emas. O‘zimga qolsa, men hali ko‘p vaqt "Nasaf"da to‘p tepmoqchiman.
Ro‘ziqul Berdiev: Shunday o‘ynashda davom etsang muammo yo‘q.
Fikrlar