Benzemaning qarori "Real"ning rejalarini buzib tashladi

  • 1 iyun, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi rahbariyati hujumchi Karim Benzemaning jamoani tark etish qaroridan hali ham o‘ziga kela olmayapti.

Tecno

Xabar qilinishicha, hujumchi “Al-Ittihod” taklifini allaqachon qabul qilgan va yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tadi.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, "Real" bunday o‘zgarishlarni umuman kutmagan edi. Agar Benzema ketsa, ularning transfer bozoridagi dastlabki rejasi barbod bo‘ladi. Shu munosabat bilan madridliklar hali ham Karimni 2024 yilning yoziga qadar jamoada qolishga ko‘ndira olishlariga umid qilishmoqda.

Frantsiyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 23 ta o‘yinida 18 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!