Benzemaning jarohati rostan ham jiddiymi?
“Real” Madrid hujumchisi Karim Benzemaning La Liga 22-turidan o‘rin olgan “Elche”ga (2:2) qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy emas. Bu haqda futbolchining yaqinlari jurnalist Serxio Quirantega xabar berishgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik to‘purar bugun ham “Real”ning Valdebebasdagi bazasida fizioterapevtlar qabulida bo‘lgan va u erda tekshiruvlar uchun 4 soat vaqt sarflagan. Shifokorlar oxir-oqibat u MRTdan o‘tkazmasligi haqida qaror qabul qilishgan.
Benzema joriy mavsum La Liganing 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar