"Benzemani yil ramziy jamoasiga kiritmaslik futbolga nisbatan hurmatsizlikdir!"

  • 18 yanvar, 2022, 10:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid hujumchisi Karim Benzemaning agenti Karim Jaziri FIFA tomonidan tashkil etilgan "The Best" sovrini haqida fikr bildirdi.

Tecno

Jaziri mijozi "The Best" ramziy terma jamoasidan o‘rin olmaganidan norozi. "Karimni yilning eng yaxshi 11 futbolchisi ro‘yxatiga kiritmaslik futbolga nisbatan hurmatsizlikdir. Ammo biz FIFA futbol haqida deyarli bosh qotirmasligini allaqachon bilib bo‘lganmiz",-dedi Benzemaning agenti.

Ma’lumot uchun, FIFA ramziy terma jamoasiga Donnarumma, Alaba, Diash, Bonuchchi, Jorjino, de Bryuyne, Kante, Messi, Ronaldu, Xoland hamda Levandovski kiritildi.

O‘tgan mavsum 34 yoshli hujumchi barcha turnirlarda "Real" libosida 46 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 30 gol va 9 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!