
Benzemani faqat bir mutaxassis Frantsiya termasiga qaytarishi mumkin
Jarohati tufayli Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida qatnasha olmagan Karim Benzema kuni kecha Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi.
Footmercato nashrining xabar berishicha, 35 yoshli hujumchi qarorini o‘zgartirishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, agar Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan tayinlansa, “Real” to‘purari xalqaro faoliyatini yana tiklaydi.
Hozirgi bosh murabbiy Dide Desham yanvarda Frantsiya fubol federatsiyasi bilan o‘z ishi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Agar ular kelisha olmasa, bu lavozimga asosiy nomzod Zidan bo‘ladi.
Dide Desham o‘n yildan beri terma jamoa ustozi hisoblanadi. Uning qo‘l ostida frantsiyalik futbolchilar jahon chempionatida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar