
Benzema yana Zidan qo‘l ostida to‘p tepishi mumkin
"Real" sardori Karim Benzema faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
"Calciomercatoweb" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi "Yuventus" tarkibiga borib qo‘shiladi. Turinliklar kelishuvning yozda amalga oshishiga ishonmoqda.
Boz ustiga, agar Zinedin Zidan "keksa senora" boshqaruviga kelsa, Benzema transferi ayni muddao bo‘ladi. Ikki frantsuz "Real"da birga samarali faoliyat olib borgan.
35 yoshli Karim joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 16 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar