Benzema: Solari jamoada qoladi deb umid qilaman

  • 11 mart, 2019, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema kecha “Valyadolid”ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Santyago Solarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Tecno

“Biz Solari bilan birgamiz. Agar futbolchilar murabbiy uchun jon kuyuktirishmaganida biz bugun bunday o‘yin ko‘rsatmas edik. Uni hozir almashtirishdan nima foyda? Mavsum tugashiga bor yo‘g‘i 11ta o‘yin qoldi va umid qilamanki, u jamoada qoladi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Valyadolid”ga qarshi o‘yin Solari uchun “Real”dagi so‘nggisi bo‘lishi va uning o‘rniga Joze Mourino kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!