Benzema: "Sehrli oqshomlar"

  • 7 aprel, 2022, 03:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid hujumchisi Karim Benzema "Chelsi"ga qarshi o‘yindagi xet-trikdan so‘ng (3:1) o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bugungi va PSJga qarshi uchrashuvdagi kabi kechalar sehrli oqshomlar sirasiga kiradi. Hammasi yaxshi o‘tdi. Ilk daqiqalardanoq ajoyib harakat qildik. 

Bizda hammasi joyida. "Real" shunday holatda bo‘lishi kerak. Xet-trik juda ham muhim edi. Ayniqsa, uchinchi goldan mamnunman. 

Anchelotti - dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Biz chindan ham unga ishonamiz. 

Oldimizda javob uchrashuvi bor va biz muvaffaqiyat qozonish uchun borimizni beramiz", - dedi frantsiyalik goleador. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!