Benzema Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi
"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema "An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi. Futbolchilar birgalikda Madridning "Real" jamoasida o‘ynashgan.
- Saudiya Arabistoniga Krishtianu kabi futbolchilar, Evropa tajribasini olib kelish uchun kelgan boshqa futbolchilar kerak. Mahalliy bolalarga boshqa klublarga ketishlari uchun nimalar kerakligini ko‘rsatishimiz kerak. Mamlakat tobora ochiq bo‘lib bormoqda. Odamlar bir-birlariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi. Menga bu joy juda yoqadi.
- Yaqinda "An-Nasr" "Al-Ittihod", Ronaldu va Benzemaga qarshi o‘ynadi. Maydondagi salomlashish sovuq tuyuldi... Jurnalistlarning qanaqaligini bilasiz.
- Biz minbar ostidagi xonada gaplashdik. Quchoqlashdik, suhbatlashdik. Maydonda buni yana bir bor qilishimiz shart emas. Nega takrorlash kerak? Biz bir-birimizni juda hurmat qilamiz, hammasi joyida. Biz hech narsani ko‘rsatishimiz shart emas. Biz bir-birimizdan ko‘p narsa o‘rgandik. Odamlar o‘zlarini xuddi biz kamerada o‘ynashimiz kerakdek tutishadi. Unday emas. Bir-birimizni hurmat qilamiz. Maydonda har birimiz o‘z ishimizga e’tibor qaratamiz, - deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi AS.



Fikrlar